Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Hakamlar ham xato qilishga haqli»: Koke «Arsenal» bilan o‘yindagi bahsli vaziyatlar haqida

«Hakamlar ham xato qilishga haqli»: Koke «Arsenal» bilan o‘yindagi bahsli vaziyatlar haqida

Baho:
+ | -3

Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Koke Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi o‘yindagi (1:1) hakamlik ishiga to‘xtaldi.

Bahsning asosiy muhokama mavzularidan biri — uchrashuv so‘nggida hakam Danni Makkelining «matraschilar» darvozasiga belgilangan penaltini bekor qilish haqidagi qarori bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, har ikki gol ham o‘n bir metrlik jarima zarbasidan kiritildi.

«Hakam qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga harakat qildi. Agar biz zarba berishda yoki pas uzatishda xato qilishimiz mumkin bo‘lsa, demak, hakamlarga ham xato qilishga ruxsat berilgan. Bahsli qarorlar bo‘ldi, lekin buning qo‘rqinchli joyi yo‘q – barchamiz o‘z ishimizni iloji boricha eng yaxshi tarzda bajarishga harakat qilamiz», – dedi Koke o‘yindan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda.

Uchrashuvda gollarga 44 va 56-daqiqalarda mos ravishda Viktor Dyokeresh hamda Xulian Alvares mualliflik qilishdi.

Kiritildi: 08:15, 30.04.2026.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик