Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Markinyos Chempionlar ligasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Roberto Karlosning rekordini takrorladi

Markinyos Chempionlar ligasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha Roberto Karlosning rekordini takrorladi

Baho:
+1 | -

Fransiyaning «PSJ» va Germaniyaning «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv braziliyalik Markinyos uchun Chempionlar ligasidagi 120-o‘yin bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u brazil futboli rekordi sohibi — Roberto Karlosga yetib oldi. Agar Markinyos keyingi haftada bo‘lib o‘tadigan javob yarim final bahsida maydonga tushsa, braziliyalik futbolchilar orasida turnirning yangi rekordchisiga aylanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik himoyachi allaqachon «PSJ»ning ajralmas qismiga aylangan — u 2013 yildan buyon klub sharafini himoya qilib kelmoqda. 2020 yilda u Chempionlar ligasi finalida o‘ynagan, biroq o‘shanda «PSJ» aynan Myunxenning «Bavariya»siga mag‘lub bo‘lgan edi. Ammo o‘tgan yili Markinyos jamoadoshlari bilan birga, baribir, orzu qilingan sovrinni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 09:11, 30.04.2026.
O'qildi: 154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик