Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Kroosning "Real"ga qaytishi bo‘yicha Peresning pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Kroosning "Real"ga qaytishi bo‘yicha Peresning pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Toni Kroos yana jamoaga qaytadigan bo‘ldi, biroq bu gal futbolchi sifatida emas. Bir qator manbalarning xabar berishicha, «qirollik klubi» germaniyalik sobiq futbolchini sport rahbariyatidagi lavozimlardan biriga tayinlash niyatida.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, «Real» rahbariyati Kroosni ortga qaytarish ustida faol ish olib bormoqda. Qayd etilishicha, ushbu qarorni amalga oshirishga shaxsan klub prezidenti Florentino Peres bosh-qosh bo‘lmoqda.

Toni Kroos 2024 yilda, jamoa uchun muvaffaqiyatli kechgan (Chempionlar ligasi va La Ligadagi zafarlardan so‘ng) mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. U Madrid grandi sharafini roppa-rosa o‘n yil davomida himoya qilib, klub tarixidagi eng sovrindor o‘yinchilardan biriga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida, Alvaro Arbeloa boshchiligidagi «Real» jamoasi navbatdagi uchrashuvini 3 may kuni La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 12:36, 30.04.2026.
O'qildi: 438 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик