Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Liverpul» muxlislari uchun xushxabar: Saloh jamoa bilan xayrlashishdan oldin yana maydonga tushadi

«Liverpul» muxlislari uchun xushxabar: Saloh jamoa bilan xayrlashishdan oldin yana maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Liverpul» klubi jamoa hujumchisi Muhammad Salohning sog‘lig‘i borasidagi so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi. Klub rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, misrlik futbolchining jarohati xavotirli emas.

«Liverpul» FK shuni tasdiqlaydiki, Muhammad Saloh ushbu mavsum yakuniga qadar yana maydonga tushishga tayyor bo‘lishi kutilmoqda», — deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Saloh o‘tgan shanba kuni «Kristal Pelas»ga qarshi kechgan bahsning ikkinchi bo‘limida jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Tibbiy ko‘riklar natijasida futbolchida kichik mushak jarohati aniqlangan.

Kiritildi: 13:02, 30.04.2026.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик