Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/07 20:00 Andijon 2-0 Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv 3-1 So‘g‘diyona
28/07 20:00 Nasaf - Qizilqum
28/07 20:00 Xorazm - Surxon
28/07 20:00 Neftchi - Navbahor
29/07 20:00 Dinamo - Qo‘qon-1912

Ronaldu 16 ta o‘yinlik g‘alabali seriyadan so‘ng hissiyotlarini yashirmadi

Ronaldu 16 ta o‘yinlik g‘alabali seriyadan so‘ng hissiyotlarini yashirmadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «Al-Ahli»ga qarshi o‘yindan (2:0) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ronaldu jamoasi ichki chempionatda ketma-ket 16 ta g‘alaba qayd etib, rekord o‘rnatdi.

Portugaliyalik yulduz mazkur bahsda burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

O‘yindan so‘ng Krishtianu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga: «Olg‘a!!! Biz — «An-Nasr»miz!!!» — deb yozib qoldirdi.

Ayni damda 41 yoshli futbolchi to‘p surayotgan jamoa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va «Al-Hilol»ni 8 ochkoga ortda qoldiryapti, biroq ta’qibchining zahirasida bitta o‘yini mavjud.

Kiritildi: 13:55, 30.04.2026.
O'qildi: 1427 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик