Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

«Real» Deshamni tayinlash imkoniyatini o‘rganmoqda

«Real» Deshamni tayinlash imkoniyatini o‘rganmoqda

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham «Real» boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin.

Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati Deshamni yuqori baholamoqda. Shuningdek, «qaymoqranglilar» tarkibidagi fransuz futbolchilari ham Didye haqida ijobiy fikr bildirishgan.

Biroq, murabbiyning «Real»ga tayinlanishida Jahon chempionati to‘sqinlik qilishi mumkin. Madrid klubi yangi murabbiy JCH-2026 boshlanishidan oldin tayinlanishini istamoqda.

Didye Desham 2012 yildan beri Fransiya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «uch ranglilar» Rossiyada o‘tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida, shuningdek, 2021 yilda Millatlar ligasida g‘olib chiqishgan.

Kiritildi: 15:13, 30.04.2026.
O'qildi: 599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик