«Atletiko» Madrid bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ» – «Bavariya» bahsida qayd etilgan yuqori natijadorlik haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«O‘yin 5:4 hisobida yakunlanganda, hamma: «Qanday ajoyib o‘yin!» — deydi. Lekin men aytamanki, ular bizga 5 ta gol urishdi. Bunday o‘yinni biz, murabbiylar uchun ajoyib deb atash mumkinmi yoki yo‘qmi, bilmayman. Ammo televizor orqali tomosha qilish, albatta, yoqimli bo‘ldi», — dedi Simeone jurnalistlarga.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining dastlabki yarim final uchrashuvida «PSJ» o‘z maydonida «Bavariya»ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi. «Atletiko»ga to‘xtaladigan bo‘lsak, Simeone jamoasi «Arsenal» bilan durang o‘ynadi (1:1).
Yarim finalning javob uchrashuvlari 5 va 6 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ikkala bahs ham Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi













