«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Meyson Maunt «qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Kerrik bilan bo‘lgan suhbat haqida so‘zlab berdi.
«Boshida menga qiyin bo‘ldi, chunki Maykl kelgan vaqtda men jarohat olib, bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yubordim. Ammo u menga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo‘ldi va shunday dedi: «Sening qaytishingni xohlayman, sen jamoaning muhim qismisan va yigitlar bilan birga bo‘lganingda, jamoaga katta ta’sir o‘tkazasan». Shuning uchun men guruhdagi o‘z o‘rnimni bilaman. Yigitlar safiga qaytish, ruhan maydonga tushishga va o‘yin taqdiriga ta’sir qilishga tayyor bo‘lish — men uchun juda muhim», — dedi Maunt The Athletic nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Meyson Maunt «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













