Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Xabib Putin u uchun Dog‘istonda sport bazasi qurib bergani haqidagi ma’lumotni inkor etdi

Xabib Putin u uchun Dog‘istonda sport bazasi qurib bergani haqidagi ma’lumotni inkor etdi

Baho:
+ | -

37 yoshli UFC Shon-sharaf zali a’zosi, shuningdek, yengil vaznda sobiq UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov hamyurti Arman Sarukyanning (UFC yengil vazn reytingida 2-o‘rin) Rossiya prezidenti Vladimir Putin u uchun Dog‘istonda sport bazasi qurib bergani haqidagi bayonotini inkor etdi.

«Bu mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Hech kim hech qachon mening xarajatlarimni to‘lamagan va men uchun zallar qurib bermagan», — deb yozdi Nurmagomedov X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

«Burgut» (The Eagle) o‘zining so‘nggi jangini 2020 yil 24 oktyabrda Abu-Dabi yaqinidagi Yas orolida bo‘lib o‘tgan UFC 254 turnirida o‘tkazgan edi. O‘shanda uning raqibi yengil vaznda vaqtinchalik UFC chempioni, amerikalik Jastin Getji bo‘lgan. Jang ikkinchi raundda rossiyalik sportchining bo‘g‘ish uslubidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Ushbu g‘alaba Nurmagomedov uchun faoliyatidagi 29-si bo‘ldi. Jang tugaganidan so‘ng Xabib aralash yakkakurashlardagi (MMA) faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 16:19, 30.04.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик