Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Van Deyk Alissonning ketishi haqida: «Biz hali aniq bilmaymiz, u «Liverpul» uchun juda muhim»

Van Deyk Alissonning ketishi haqida: «Biz hali aniq bilmaymiz, u «Liverpul» uchun juda muhim»

Baho:
+ | -

«Liverpul» sardori Virjil van Deyk darvozabon Alisson Bekerning klubdan ketishi mumkinligi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Avvalroq braziliyalik posbon «Yuventus»ga o‘tish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Bu borada hammaning o‘z fikri va tuyg‘ulari bo‘lishi mumkin. Mish-mishlar yuribdi, agar biror aniq gap bo‘lsa, buni hammamiz bilib olamiz. Lekin shaxsan men hech qachon xavotirga tushmayman.

Quloq soling, qachondir har bir futbolchining, jumladan mening ham ketadigan kunim keladi. Ammo agar bu sodir bo‘lsa — men bu haqda hech narsa bilmayman va menimcha, uning o‘zi ham hali aniq bilmaydi — biz klub sifatida bunga moslashamiz.

Biz ijobiy va afsuski, salbiy lahzalarni birgalikda boshdan kechirdik, shuning uchun uning ketishi katta zarba va yo‘qotish bo‘lishi shubhasiz. Lekin hozir nima sodir bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqida o‘ylashga hojat yo‘q deb hisoblayman.

U men uchun jamoa yetakchilaridan biri sifatida juda muhim va maydonda ham katta ahamiyatga ega. Chunki men uni dunyodagi eng yaxshi — mening fikrimcha, eng zo‘r — darvozabon deb bilaman. U qolgan to‘rtta o‘yinda bizga yordam berish uchun [jarohatdan] iloji boricha tezroq qaytishga harakat qilmoqda va bu bizning asosiy vazifamizdir.

Bundan keyin nima bo‘lishini esa mendan so‘ramasligingiz kerak. Uning qolishini istarmidim? Albatta, bunga hech qanday shubha yo‘q», — dedi van Deyk.

APLning joriy mavsumida Alisson 25 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol o‘tkazib yubordi. 33 yoshli futbolchining «qizillar» bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Kiritildi: 16:26, 30.04.2026.
O'qildi: 225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик