Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Afrika 2027 yilgi FIFA prezidentligi saylovlarida Infantino nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi

Afrika 2027 yilgi FIFA prezidentligi saylovlarida Infantino nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Afrika futbol konfederasiyasiga (CAF) a’zo bo‘lgan assosiasiyalar 2027 yilda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidentligi saylovlarida Janni Infantino nomzodini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashdi.

Ushbu qaror FIFAning 76-kongressi arafasida Vankuverda o‘tkazilgan CAF a’zolarining uchrashuvida qabul qilindi.

«CAF a’zo-assosiasiyalari Janni Infantinoning 2027–2031 yillar davri uchun FIFA prezidentligi lavozimiga qayta saylanishini bir ovozdan qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar», — deyiladi CAF rasmiy saytidagi bayonotda.

Afrika futbol konfederasiyasiga 54 ta milliy futbol assosiasiyasi a’zo hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Infantino 2016 yildan beri FIFA prezidenti lavozimida ishlab kelmoqda va shu paytgacha ikki bor ushbu lavozimga qayta saylangan.

Kiritildi: 16:32, 30.04.2026.
O'qildi: 516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик