Yevropaning top-7 ligalari futbolchilari orasida «PSJ» a’zosi Vitinya (26 yosh) har 90 daqiqada amalga oshirilgan aniq uzatmalar soni bo‘yicha 98.04 ko‘rsatkich bilan reytingni boshqarib bormoqda.
Reytingda undan keyingi o‘rinlarni Aleysh Garsiya («Bayer Leverkuzen», 28 yosh) 86.96 ko‘rsatkich bilan, Joshua Kimmix («Bavariya», 31 yosh) 84.44 va uning jamoadoshi Aleksandar Pavlovich (21 yosh) 83.09 ko‘rsatkich bilan egallab turibdi. Kuchli beshlikni «Barselona»ning 19 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi 77.08 ko‘rsatkich bilan yakunlab bergan.
Vitinya va boshqa ta’qibchilar o‘rtasidagi farq sezilarli darajada katta — u ikkinchi o‘rindagi futbolchidan har o‘yinda o‘rtacha 11 ta ko‘proq aniq uzatma bermoqda. Bu ko‘rsatkich portugaliyalik yarim himoyachining «PSJ» hujumlarini tashkil etishdagi markaziy rolini yaqqol ko‘rsatib beradi.













