Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Maynu "MYU" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganiga munosabat bildirdi

Maynu "MYU" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu shartnomasi uzaytirilishi munosabati bilan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 21 yoshli futbolchi bilan tuzilgan yangi kelishuv 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.

"Men shu yaqin atrofda to‘p tepib, "Manchester Yunayted" o‘yinlarini tomosha qilib ulg‘ayganman. "Old Trafford"da o‘ynashni va klubimizning shahrimizga ko‘rsatayotgan ta’sirini ko‘rishni orzu qilardim. Akademiya menga hamma narsani berdi, bu yo‘lda ko‘plab insonlar menga yordam berishdi va men buni hech qachon unutmayman. Ushbu klub men va oilam uchun hamma narsani anglatadi. Manchesterlik ekanimdan va ushbu klub sharafini himoya qilayotganimdan faxrlanaman. Men bu yerda allaqachon muvaffaqiyatlarga erishdim va yanada ko‘prog‘ini istayman. Bu yer har doim mening uyim bo‘lib qoladi. Mening klubim", — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda "MYU" rasmiy sayti.

Maynu "qizil iblislar" tarkibida barcha musobaqalarda jami 98 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida 13 ta sariq kartochka bor. Maynu "MYU" bilan birgalikda Angliya Kubogi va Angliya Liga Kubogi g‘olibiga aylangan.

Kiritildi: 18:12, 30.04.2026.
O'qildi: 205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик