Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Pochettino Harri Keynning qanday qilib yulduzga aylanganini aytib berdi

Pochettino Harri Keynning qanday qilib yulduzga aylanganini aytib berdi

Baho:
+ | -

Murabbiy Maurisio Pochettino "Tottenxem"da birga ishlagan "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn haqida o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. Pochettino London klubini 2014 yildan 2019 yilgacha boshqargan, Keyn esa "shporlar"ning asosiy jamoasida 2011 yildan 2023 yilga qadar to‘p tepgan.

"Tim Shervud klubni tark etib, men kelgan paytimda, adashmasam, Keyn uchinchi yoki to‘rtinchi hujumchi edi. Harri bilan ishlashni boshlaganimizda, undagi kuchli iroda va muvaffaqiyatga bo‘lgan intilishni ko‘rdik. To‘g‘ri, o‘sha paytda uning odatlari (turmush tarzi) eng yaxshi holatda emas edi, lekin biz bilan gaplashib olgach, u oqilona yo‘l tutdi va hamma narsani tezda o‘zgartirdi — mashg‘ulotlarga yondashuv, ovqatlanish tartibi va hokazo. U va uning atrofidagi insonlar Harrining muvaffaqiyatga erishishini ta’minladilar", — deya Pochettinoning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.

Joriy mavsumda 31 yoshli hujumchi klub miqyosida barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 54 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 18:34, 30.04.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик