Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Ispaniya deputatlari La Liganing harakatlaridan norozi

Ispaniya deputatlari La Liganing harakatlaridan norozi

Baho:
+ | -

Ispaniya Kongressi deputatlari La Liganing qaroqchilikka qarshi kurashi sababli saytlarning ommaviy ravishda bloklanishi muammosiga munosabat bildirishni boshladilar. Democrata portalining xabar berishicha, bunday bloklashlar ko‘pincha nafaqat noqonuniy resurslarga, balki oddiy va qonuniy ishlaydigan servislarga ham ta’sir qilmoqda.

Parlament komissiyasi IP-manzillarni «farqlamasdan» bloklashni taqiqlash va uchinchi tomonlar uchun kelib chiqadigan oqibatlarni hisobga olishni taklif qiluvchi tashabbusni ma’qulladi. Shuningdek, qaroqchilikka qarshi choralar yanada aniqroq bo‘lishi va legal saytlarga zarar yetkazmasligi uchun Yevropaning raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq, Ispaniyada ushbu bloklashlar tufayli ba’zi foydali xizmatlar, jumladan, transport ilovalari va turli kasalliklarga chalingan insonlarga yordam berish tizimlari ishlamay qolgan edi. Deputatlar Ispaniya chempionatining noqonuniy translyasiyalariga qarshi kurashish zarurligini, biroq bu har qanday holatda ham boshqalarga zarar yetkazish evaziga bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlamoqdalar.

Kiritildi: 09:30, 01.05.2026.
O'qildi: 257 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик