«An-Nasr»ning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunida muhim bayonot berishga va’da berdi.
«Mavsum oxirida ko‘plab muhim masalalar bo‘yicha o‘z fikrimni bildiraman», — deya Ronalduning so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabrisio Romano Rio Ferdinandga tayangan holda.
Shuningdek, Ronaldu Yevropa yulduzlari uchun Saudiya ligasiga yo‘l ochib bergan ilk futbolchilardan biri bo‘lganini ta’kidladi.
«Bu ligaga kelgan birinchi futbolchi men bo‘ldim. Qolganlar mening orqamdan bu yerga kelishdi», — dedi 41 yoshli futbolchi.
Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan buyon «An-Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Ehtimol, mavsum tugagach, Ronaldu nima uchun yaqinda bir qator o‘yinlarni o‘tkazib yuborganiga oydinlik kiritar. Matbuotda hujumchi klub boshqaruvidan norozi bo‘lgani uchun o‘yinlarni boykot qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













