Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Ismaila Sarr Konferensiyalar ligasi tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi (Video)

Ismaila Sarr Konferensiyalar ligasi tarixidagi eng tezkor gol muallifiga aylandi (Video)

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» futbolchisi Ismaila Sarr Konferensiyalar ligasida yangi rekord o‘rnatdi. Senegallik futbolchi «Shaxtyor»ga qarshi kechgan yarim final bahsining 21-soniyasidayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu turnir tarixidagi eng tezkor gol sifatida qayd etildi. Uchrashuv London jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Kristal Pelas» va «Shaxtyor» o‘rtasidagi javob o‘yini kelasi payshanba, 7 may kuni bo‘lib o‘tadi. Nufuzi jihatidan uchinchi o‘rinda turuvchi yevrokubok finalining ikkinchi yo‘llanmasi uchun «Rayo Valyekano» va «Strasbur» jamoalari kurash olib bormoqda. Ular o‘rtasidagi ilk bahs madridliklarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan tugagan. Turnirning hal qiluvchi final uchrashuvi 27 may kuni Leypsig shahrida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:37, 01.05.2026.
O'qildi: 1271 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик