Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Fenerbaxche» sardori bir yilga futboldan chetlatildi

«Fenerbaxche» sardori bir yilga futboldan chetlatildi

Baho:
+ | -

Istanbulning «Fenerbaxche» klubi sardori Mert Xakan Yandash bukmekerlik o‘yinlarida ishtirok etgani uchun bir yilga futboldan chetlatildi, deb xabar bermoqda Turkiya futbol federasiyasi.

2025 yilning oxirida futbolchi kelishilgan o‘yinlar va stavkalar bo‘yicha olib borilgan tergov doirasida hibsga olingan edi, hatto uzoq muddatli qamoq jazosi haqida ham gaplar yurgandi. To‘rt oylik hibsdan so‘ng, aprel oyi boshida futbolchi ozodlikka chiqarildi. Biroq federasiya uni bir yil muddatga professional futbol o‘ynash huquqidan mahrum qildi.

Yandash 2020 yildan beri «Fenerbaxche» sharafini himoya qilib kelayotgan edi, kelayotgan yozda uning istanbulliklar bilan tuzgan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadi. U «Fener» safida jami 150 ga yaqin rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 11:06, 01.05.2026.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик