Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Bu oramizda qoladi» — «Barsa» ustozi Levandovskining kelajagi haqida gapirdi

«Bu oramizda qoladi» — «Barsa» ustozi Levandovskining kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik Robert Levandovskining jamoadagi kelajagi haqidagi savolga aniq javob berishdan qochdi. 2 may kuni bo‘lib o‘tadigan «Osasuna»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida u futbolchi bilan bu borada suhbatlashib olganini tan oldi.

Xabarlarga ko‘ra, «Barselona» 37 yoshli polshalik hujumchiga shartnomani uzaytirishni taklif qilgan, biroq shunga qaramay, Levandovski kelayotgan yozda jamoani tark etishi mumkin.

«Albatta, biz bu haqda gaplashdik, lekin bu suhbat oramizda qoladi. Hozirda biz bor e’tiborimizni qolgan beshta o‘yinga qaratganmiz. Mavsum yakunlangach, hamma bilan gaplashib olamiz va nima bo‘lishini ko‘ramiz», — deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Joriy mavsumda Levandovski klub miqyosida 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:37, 01.05.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик