Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

"Venesiya" birinchi urinishdayoq A Seriyaga qaytdi

"Venesiya" birinchi urinishdayoq A Seriyaga qaytdi

Baho:
+ | -

Italiyada ahamiyati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi futbol divizioni – B Seriyaning navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. «Venesiya» safarda «Spesiya» bilan durang o‘ynadi (2:2), ammo shunga qaramay, yuqori divizionga chiqish masalasini muddatidan oldin hal qildi. Bunga «Monsa»ning «Mantuya»ga imkoniyatni boy bergani (2:3) sabab bo‘ldi.

Chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda B Seriya turnir jadvalining kuchli uchligi quyidagicha ko‘rinish olgan: «Venesiya» (79 ochko), «Frozinone» (78 ochko) va «Monsa» (75 ochko).

Ko‘rib turganingizdek, «Venesiya» endi ikkinchi o‘rindan pastga tushib ketmaydi. Bu esa klubni A Seriyaga yo‘llanma olgani bilan tabriklash mumkinligini anglatadi.

«Venesiya» yuqori divizionga birinchi urinishdayoq qaytdi — jamoa o‘tgan yili quyi ligaga tushib ketgan edi.

Kiritildi: 21:12, 01.05.2026.
O'qildi: 719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик