Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Arteta: "Orzularimizni ro‘yobga chiqarishga yaqinlashmoqchiman"

Arteta: "Orzularimizni ro‘yobga chiqarishga yaqinlashmoqchiman"

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya chempionati doirasidagi «Fulxem»ga qarshi o‘z maydonida kechadigan bahs oldidan o‘z kayfiyati bilan o‘rtoqlashdi.

«Men bor e’tiborimni "Fulxem"ga va g‘alaba qozonish istagiga qaratganman. Raqobatlashish, o‘ynash va yutish istagiga. Orzuimiz amalga oshishiga yanada yaqinroq bo‘lish istagiga. Futbolchilarning ko‘zida nimani ko‘ryapman? G‘alabaga bo‘lgan chanqoqni. Yutish istagini, vassalom. Maqsadga erishish istagini», — dedi Arteta jurnalistlarga.

Hozirda «Arsenal» Premyer-ligada «Manchester Siti»ni uch ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Shu bilan birga, londonliklar bitta ko‘p o‘yin o‘tkazishgan. Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» oxirgi marta 2004 yilda Angliya chempioni bo‘lgan edi.

Kiritildi: 21:17, 01.05.2026.
O'qildi: 664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик