Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov «TePe Sigeman Chess Tournament»ni g‘alaba bilan boshladi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov «TePe Sigeman Chess Tournament»ni g‘alaba bilan boshladi

Baho:
+ | -

Shvesiyaning Malmyo shahrida an’anaviy "TePe Sigeman Chess Tournament 2026" musobaqasi start oldi.

Turnirda ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov ilk turda xitoylik shaxmatchi ayol Ju Jinerga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Bahs boshidan hamyurtimiz vaqt borasida ustunlikka ega boshladi. Ju Jiner 23-yurishda qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Abdusattorov uning mazkur xatosidan foydalanib, raqibning bitta piyodasini urib oldi.

Nodirbek bitta ortiqcha piyodga ega bo‘lgach, tez orada bittadan Farzin va Fillarni almashtirib oldi. Ko‘p o‘tmay, vatandoshimiz raqibning yana bir piyodasi urib olib, 2 ta piyoda ustunligiga ega bo‘ldi. Natijada 38-yurishga kelib xitoylik shaxmatchi taslim bo‘ldi.

Abdusattorov ertaga AQSHlik Endi Vudvordga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. Ushbu raqib bugun Nils Grandeliusni mag‘lub etib, Nodirbek kabi bir ochkoni qo‘lga kiritdi. Magnus Karlsen esa 1-turda Aojun Erigaisiga qarshi bahsda durangga imzo chekdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:12, 01.05.2026.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик