Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Lukaku APLga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Lukaku APLga qaytishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

32 yoshli belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, «Napoli» safida o‘ynayotgan Lukaku A seriyada qolishni istamoqda. Biroq Italiya klublaridan hech biri hujumchiga jiddiy qiziqish bildirmagani sababli, uning vakillari APL jamoalari bilan muzokaralarni boshlagan. Lukaku avval Angliyada «Chelsi», «Vest Bromvich», «Everton» va «Manchester Yunayted» jamoalarida o‘ynagan.

«Napoli» va Lukaku o‘rtasidagi kelishmovchilik futbolchi Belgiya terma jamoasi yig‘inida jarohat olganidan so‘ng yuzaga kelgan. U Italiyaga qaytmasdan, individual dastur asosida tiklanishni ma’qul ko‘rgan. Manbalar ta’kidlashicha, bu holat neapolliklar rahbariyatining noroziligiga sabab bo‘lgan.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 06:36, 02.05.2026.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик