Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Galatasaroy» Bernardu Silvani «Barselona»dan ilib ketish yo‘lini o‘ylab topdi

«Galatasaroy» Bernardu Silvani «Barselona»dan ilib ketish yo‘lini o‘ylab topdi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva uchun kurashdan voz kechmayapti. Hozirda «shaharliklar» sardorini o‘z safiga qo‘shib olishda «Barselona» asosiy da’vogar hisoblanmoqda, portugaliyalik futbolchining o‘zi ham aynan kataloniyaliklar safiga o‘tishni istaydi.

Diario Sport nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Galatasaroy» yulduz futbolchining fikrini o‘zgartirishga harakat qiladi. Turk klubi unga uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor bo‘lib, unga ko‘ra Silva jami 50 million yevrodan ko‘proq maosh olishi mumkin.

Bernardu Silva joriy mavsum yakunida «Manchester Siti»ni erkin agent sifatida tark etadi. 31 yoshli futbolchiga shuningdek «Yuventus», «Milan» va «Benfika» klublari tomonidan ham qiziqishlar borligi aytilmoqda.

Bugun «Galatasaroy» safarda «Samsunspor»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 07:30, 02.05.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик