Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Pioli — Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga yana bir nomzod

Pioli — Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga yana bir nomzod

Baho:
+ | -

Stefano Pioli navbatdagi Jahon chempionatini ham o‘tkazib yuboradigan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga potensial nomzod sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Italiyaning La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Piolining «Fiorentina»dagi oxirgi murabbiylik tajribasi muvaffaqiyatsiz chiqqan bo‘lsa-da, uning «Milan»dagi besh yillik sikli davomida qo‘lga kiritgan 2022 yilgi Skudettosi hali unutilgani yo‘q.

Yakuniy qaror may oyining uchinchi o‘n kunligida bo‘lib o‘tadigan Italiya futbol federasiyasining yangi prezidenti saylovidan so‘ng qabul qilinadi.

Italiya terma jamoasi ustozligiga nomzodlar qatorida quyidagi mutaxassislar ham bor: Roberto Manchini, Massimiliano Allegri, Antonio Konte.

Biroq, Piolidan farqli o‘laroq, yuqoridagi murabbiylarning barchasi ayni damda klublar bilan amaldagi shartnomalarga ega. Pioli esa erkin agent bo‘lib turgani uning imkoniyatlarini oshirishi mumkin.

Kiritildi: 07:32, 02.05.2026.
O'qildi: 533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик