Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kalvert-Lyuin: «Farke meni to‘g‘ri tanlov qilganimga ishontirdi»

Kalvert-Lyuin: «Farke meni to‘g‘ri tanlov qilganimga ishontirdi»

Baho:
+ | -

Hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin «Lids» safiga o‘tganidan afsusda emas. U allaqachon yangi jamoasi tarkibida 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Dominikning so‘zlariga ko‘ra, u «Lids» ustozi Daniel Farke bilan ajoyib til topishgan.

«Bu men uchun juda muhim. Bu yerga kelayotganimda, aynan u meni shu qadamni tashlashga ishontirgan edi. Men tez fursatda o‘zimni uydagidek his qildim. Uning futbolchilar bilan ishlash va jamoani boshqarish uslubi menga juda yoqadi. Aynan murabbiy joriy mavsumda o‘z imkoniyatlarimdan maksimal darajada foydalanishimga yordam berdi», — deya ingliz hujumchisining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda BBC Sport.

Juma oqshomida Kalvert-Lyuin «Byornli» darvozasini ishg‘ol qildi.

Kiritildi: 07:36, 02.05.2026.
O'qildi: 444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик