Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

«Real»ning Endrik bo‘yicha qarori ma’lum bo‘ldi

«Real»ning Endrik bo‘yicha qarori ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Hozirda ijara asosida «Lion»da to‘p tepayotgan hujumchi Endrik Madridning «Real» klubida o‘zini ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatga ega bo‘ladi. 19 yoshli braziliyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibiga kira olmagach, yanvar oyida o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun Fransiyaga yo‘l olgan edi.

Insayder Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «qirollik klubi» yangi mavsumda Endrikni tarkibga qaytarishni rejalashtirmoqda. Braziliyalik futbolchining o‘zi ham Madridga qaytishni istaydi.

Biroq ko‘p narsa hali tanlanmagan yangi murabbiyning qaroriga yoki agar lavozimida qoldirilsa, Alvaro Arbeloaga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, agar Endrik kelayotgan yozda jamoada qolsa, hujumchi Gonsalo Garsiya «Real»dan ketishi mumkinligi qayd etilgan.

Kiritildi: 07:56, 02.05.2026.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик