Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Lids» 43 ochko jamg‘ardi: hali hech qaysi jamoa buncha ochko bilan APLdan chiqib ketmagan

«Lids» 43 ochko jamg‘ardi: hali hech qaysi jamoa buncha ochko bilan APLdan chiqib ketmagan

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining navbatdagi turi juma kuni «Lids»ning «Byornli» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan boshlandi. Endilikda «Lids» hisobida 43 ochko bor va bu klubga ingliz futboli yuqori divizionida qolishni kafolatlashi kerak.

APL tarixida hali hech bir jamoa bunchalik ko‘p ochko bilan quyi ligaga tushib ketmagan. Ayni damda «Lids» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.

Kelasi dam olish kunlari klub og‘ir ahvolda qolgan Londonning «Tottenxem» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng ularni yana ikkita o‘yin kutmoqda — «Brayton» va Angliya poytaxtining boshqa bir klubi «Vest Xem»ga qarshi.

Kiritildi: 08:10, 02.05.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик