Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Rafinya Neymarning Braziliya terma jamoasi uchun muhimligini baholadi

Rafinya Neymarning Braziliya terma jamoasi uchun muhimligini baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Rafinya Dias agar Karlo Anchelotti Neymarni bo‘lajak Jahon chempionati qaydnomasiga kiritsa, bundan juda xursand bo‘lishini bildirdi. «Santos»ning 34 yoshli futbolchisi 2023 yildan beri milliy jamoada o‘ynamayotgan bo‘lsa-da, JCH-2026 ga borish umidida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.

«Men uchun Neymar — Braziliyaga oltinchi Jahon chempionligini yutishda yordam bera oladigan yagona inson. Uning Braziliya futboli uchun naqadar muhim shaxs ekanini tushunish kerak. O‘z vaqtida u meni terma jamoada go‘yoki umrbod tanishdek kutib olgandi. Uning yordami bilan men o‘zimga bo‘lgan ishonchni topdim va o‘z futbolimni o‘ynay boshladim», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltirmoqda Brasil Football.

Eslatib o‘tamiz, braziliyaliklar 2002 yildan beri Jahon chempioni bo‘la olishmayapti, biroq hamon qo‘lga kiritilgan kuboklar soni bo‘yicha rekordni o‘zlarida saqlab turishibdi.

Kiritildi: 08:49, 02.05.2026.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик