Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Yildiz Spallettining ishiga qoyil qoldi

Yildiz Spallettining ishiga qoyil qoldi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassis o‘tgan yilning kuzida Turin jamoasi tepasida Igor Tudorning o‘rnini egallagan edi. O‘shandan beri jamoa ancha ishonchli va yorqin o‘yin ko‘rsata boshladi, buni futbolchilar va ekspertlar ham muntazam ta’kidlab kelishmoqda.

«Bu shunchaki fantastika. Har bir mashg‘ulotda Spalletti o‘zini 100 foiz bag‘ishlaydi, shu bilan birga futbolchilar bilan hazillashishga ham ulguradi. U nafaqat murabbiy, balki inson sifatida ham ajoyib shaxs, u bilan o‘zingni doim qulay his qilasan. O‘ylaymanki, bu bizga kuch beradi — biz maydonda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, uning ishonchini oqlashni istaymiz», — deya Nikolo Skira Yildizning so‘zlarini keltiradi.

Yakshanba kuni «byankoneri» A Seriyaning 35-turi doirasida o‘z maydonida «Verona»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 09:49, 02.05.2026.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик