Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Manchester Yunayted» yulduz markaziy himoyachsini sotib olmoqchi

«Manchester Yunayted» yulduz markaziy himoyachsini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubiga tegishli bo‘lgan niderlandiyalik himoyachi Mikki van de Ven Angliya Premyer-ligasining boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchini «Manchester Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Qizil iblislar» van de Venni yozgi transfer oynasida sotib olishga harakat qiladi. Futbolchining bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda niderlandiyalik himoyachi 40 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Himoyachining «shporlar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:06, 02.05.2026.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик