Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Azizbek Ortiqov Dushanbe "Katta dubulg‘a" turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Azizbek Ortiqov Dushanbe "Katta dubulg‘a" turnirida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Tojikiston poytaxtida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" musobaqasi start oldi. Musobaqaning kechagi ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ushbu medalni -66 kg vazn toifasida kurashgan Azizbek Ortiqov keltirdi. Sportchimiz saralashda Qirg‘iz Respublikasi va Fransiya vakillarini, yarim finalda 2021-yilgi jahon chempioni rossiyalik Yago Abuladzeni mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq finalda mezbonlarning birinchi raqamli sportchisi, o‘tgan yilgi jahon chempionatining finalchisi Nurali Emomaliga imkoniyatni boy berdi va kumush medal bilan taqdirlandi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 12:36, 02.05.2026.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик