Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Slot nima uchun tanqidlarga e’tibor bermasligini tushuntirdi

Slot nima uchun tanqidlarga e’tibor bermasligini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot o‘z sha’niga bildirilayotgan tanqidlardan xavotirda emasligini aytdi. Joriy mavsum «qizillar» uchun unchalik muvaffaqiyatli kechmayapti, bu esa niderlandiyalik mutaxassisning jamoa boshqaruvida qolishi maqsadga muvofiqligini shubha ostida qoldirdi.

«Tanqidlar tufayli menda hech qanday muammo tug‘ilmadi — bu ishimni qiyinlashtirmaydi. Haqiqatan ham nima qiyinligini aytaymi — tarkibda shuncha yo‘qotishlar bo‘la turib, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga majbur bo‘lish. Mana shunisi chinakam qiyinchilikdir», — deya jurnalist Fabrisio Romano Slotning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Yakshanba kuni «Liverpul» Premyer-liga doirasida safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 14:03, 02.05.2026.
O'qildi: 411 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик