Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

WhoScored. APLning aprel oyi ramziy jamoasi

WhoScored. APLning aprel oyi ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Aprel oyi yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasining eng yaxshi futbolchilari ramziy terma jamoasi e’lon qilindi.

WhoScored nashri tomonidan tuzilgan “Oy jamoasi”da turli klub vakillari o‘rin olgan. Darvozabon sifatida “Lids” vakili Karl Darlou eng yuqori baholangan futbolchilardan biri sifatida qayd etildi (7.58).

Himoya chizig‘ida “Tottenxem”dan Pedro Porro (7.60), “Vest Xem”dan Konstantinos Mavropanos (7.79), “Man Siti”dan Mark Gexi (7.69) hamda “Nottingem Forest”dan Neko Uilyams (7.57) joy oldi.

Yarim himoyada esa “Vest Xem” a’zosi Jarrod Bouen (7.99), “Manchester Siti”dan Rayan Sherki (8.02), “Manchester Yunayted”dan Kazemiro (7.95) va “Nottingem Forest”dan Morgan Gibbs-Uayt (8.01) yuqori baholarga sazovor bo‘lgan.

Hujum chizig‘ida “Nottingem Forest” vakili Igor Jezus (7.49) hamda “Lids” hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuin (7.43) o‘rin olgan.

Kiritildi: 16:19, 02.05.2026.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик