Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kompani «Bavariya» himoyasidagi muammolarga to‘xtaldi

Kompani «Bavariya» himoyasidagi muammolarga to‘xtaldi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasi o‘tkazayotgan gollar soni ortib borayotgani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Shanba kuni myunxenliklar Bundesliga doirasidagi «Xaydenxaym»ga qarshi o‘z maydonlarida kechgan bahsning so‘nggi daqiqalarida durangni (3:3) ilib ketishdi. Bungacha jamoa «PSJ»dan beshta (4:5) va «Mayns»dan uchta (4:3) gol o‘tkazib yuborgan edi.

Jurnalistlar Kompanidan bunday ko‘rsatkichlar uni xavotirga solyaptimi yoki yo‘qligi haqida so‘rashdi.

«Men himoyachi bo‘lganman va ko‘p gol o‘tkazib yuborish nima ekanligini yaxshi bilaman. Biz o‘tgan yili ham bu mavzuni muhokama qilgandik — o‘sha suhbatlardan so‘ng, adashmasam, ketma-ket sakkizta o‘yinni «quruq» o‘tkazgandik. Eng muhimi — xotirjamlikni saqlash. Jamoamiz qiyinchiliklarga to‘g‘ri munosabat bildira olishini doimo isbotlab kelgan, endi buni yana bir bor amalga oshirish kerak. O‘yinchilar reaksiya ko‘rsatishlari lozim va buning uchun chorshanba kuni «PSJ»ga qarshi bo‘ladigan bahs eng yaxshi imkoniyatdir», — deya Kompanining so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

6 may kuni «Alyans Arena»da parijliklarga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:44, 03.05.2026.
O'qildi: 618 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик