Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Flik: «Barselona»ning salohiyati hali to‘liq ochilmadi»

Flik: «Barselona»ning salohiyati hali to‘liq ochilmadi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik uning jamoasi hali o‘z imkoniyatlarining eng yuqori nuqtasiga chiqqani yo‘q deb hisoblaydi. Kataloniyaliklar shanba kuni «Osasuna»ni mag‘lub etib (2:1), chempionlikni deyarli 100 foizga naqd qilib qo‘yishdi. Agar bugun Madridning «Real» klubi «Espanyol» bilan durang o‘ynasa yoki imkoniyatni boy bersa, «ko‘k-anorranglilar» rasman titulni qo‘lga kiritishadi.

«Bizda fantastik jamoa bor. Ko‘p narsani o‘rgandik va bu menga kelajakka optimizm bilan qarash uchun asos bo‘lyapti. Ammo tarkibimiz yosh, hali ishlaydigan jihatlarimiz yetarli. «Barsa»da hali ochilmagan salohiyat juda katta. Yangi mavsumda yanada kuchliroq bo‘lish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak», – deya Flikning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal nashri.

Kelasi yakshanba, 10 may kuni navbatdagi «el klasiko» bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:54, 03.05.2026.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик