Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/07 20:00 Navbahor 2-3 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-1 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«Hammaning ko‘zi yonyapti»: «Bavariya» futbolchilari «PSJ» bilan bo‘lajak bahs haqida gapirishdi

«Hammaning ko‘zi yonyapti»: «Bavariya» futbolchilari «PSJ» bilan bo‘lajak bahs haqida gapirishdi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning «Xaydenxaym» bilan 3:3 hisobida yakunlangan bahsidan so‘ng, myunxenliklarning ikki futbolchisi navbatdagi muhim o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. 6 may kuni Vensan Kompani shogirdlari Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazishadi.

«Hamma chorshanba kungi bahsda maydonga tushishni qanchalik istayotgani ko‘rinib turibdi. Biz o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz va finalga chiqishni istaymiz», — deya yarim himoyachi Leon Goreskaning so‘zlarini keltirmoqda DAZN.

«Biz "Real" bilan o‘yinda muxlislar jamoani birinchi daqiqadan oxirigacha qanday qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rdik. Ishonchim komilki, chorshanba kuni "Alyans Arena"da haqiqiy "jazirama" bo‘ladi», — dedi darvozabon Yonas Urbig.

Dastlabki uchrashuvda «Bavariya» 4:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Kiritildi: 13:03, 03.05.2026.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик