Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Luis Enrike portugaliyalik yulduzning transferidan voz kechdi

Luis Enrike portugaliyalik yulduzning transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

«Milan» hujumchisi Rafael Leau shu yozda klubni tark etishi mumkin. Marko Varinining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining xizmatlari «PSJ»ga taklif qilingan. Biroq Parij klubi forvard bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgan.

Hozirda faqat «Barselona» va Angliya Premyer-ligasining bir nechta jamoalari futbolchining transferi bo‘yicha taklif berishga tayyor. Rafael Leau 2019 yilda 49 million yevro evaziga «Lill»dan «Milan»ga o‘tgan edi. Uning «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi «Milan» tarkibida barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Leauning bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:18, 03.05.2026.
O'qildi: 1657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик