Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

Boks. Inoue yettinchi bor mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi

Boks. Inoue yettinchi bor mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue ikkinchi yengil vazn toifasida (55,22 kg gacha) mutlaq jahon chempionligi unvonini himoya qildi. Tokioda bo‘lib o‘tgan jangda u o‘z hamyurti Dzyunto Nakatanini mag‘lubiyatga uchratdi.

To‘qnashuv to‘liq 12 raund davom etdi va uning yakunlariga ko‘ra, hakamlar bir ovozdan g‘alabani Inouega taqdim etishdi.

Yaponiyalik bokschi Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks tashkiloti (WBO), Xalqaro boks federasiyasi (IBF) va Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlik kamarlariga egalik qiladi. 33 yoshli sportchi ushbu vazn toifasida yettinchi bor mutlaq jahon chempioni unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Endilikda yaponiyalik bokschining hisobida professional ringda 33 ta g‘alaba bor va u hali biror marta mag‘lub bo‘lmagan. 28 yoshli Nakatani esa faoliyatidagi 32 ta g‘alabadan so‘ng ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Kiritildi: 17:39, 03.05.2026.
O'qildi: 1077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик