Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Nodirbek Abdusattorov: “Magnus har safar menga qarshi o‘yinda kechikib keladi”

Nodirbek Abdusattorov: “Magnus har safar menga qarshi o‘yinda kechikib keladi”

Baho:
+ | -

Magnus Karlsen va Nodirbek Abdusattorov o‘rtasidagi 3-tur bahsi durang bilan yakunlandi. O‘yindan so‘ng hamyurtimiz uchrashuv tafsilotlari va Magnusning “psixologik o‘yinlari” haqida gapirib berdi.

Nodirbek o‘yinni shunday ta’rifladi:

“Bu juda yuqori sifatli partiya bo‘ldi. Balki tomoshabop bo‘lmagandir, lekin juda mustahkam o‘ynadik. Magnus debyutda kutilmagan Qc2 yurishi bilan meni hayron qoldirdi. Ochig‘ini aytsam, o‘yin biroz sokin va zerikarli kechdi, biroq elita darajasidagi shaxmat kurashi mana shunday bo‘ladi.”

Turnirning qiziq nuqtasi Magnus Karlsenning o‘yinga deyarli o‘n daqiqa kechikib kelgani bo‘ldi. Nodirbek bunga xotirjam munosabat bildirdi:

“U menga qarshi o‘ynaganda doim shunday qiladi. Vayzenxausda ham tur boshlanib bo‘lganidan keyin kelgan edi. Lekin bu meni zarracha ham hayajonga solmay qo‘ygan. Uning odatlarini, narsalarga bo‘lgan munosabatini yaxshi bilaman. Bu uning tanlovi, bunday odatlariga shunchaki e’tibor bermayman.”

Nodirbek hozirgi sport formasi haqida gapirar ekan, kechagi o‘yindagi xatosini eslab o‘tdi:

“O‘zimni yaxshi his qilyapman, lekin kechagi o‘yin meni hali ham qiynayapti. Kamida ikki marta yutuqli pozisiyaga chiqib, g‘alabani qo‘ldan chiqardim. Rxf7 yurishi barcha ustunligimni yo‘qqa chiqardi. Bor-yo‘g‘i 7 ta turdan iborat turnirda bunday imkoniyatlardan foydalana olmaslik juda alamli.”

4-tur bahslari bugun 18:00 da boshlanadi.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 11:42, 04.05.2026.
O'qildi: 1153 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик