Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi La Liganing 34-turi doirasida «Espanyol»ga qarshi kechgan safar o‘yinida jarohat oldi. Fransiyalik lateral uchrashuvning 14-daqiqasidayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Ispaniya OAV tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchida mushak jarohati aniqlangan. Ferlanning qachon safga qaytishi hozircha ma’lum qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs «qirollik klubi»ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Har ikkala golni braziliyalik hujumchi Vinisius Junior o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Joriy mavsumda Mendi jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va golli harakatlari bilan ajralib tura olmadi.













