Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Tchuameni jamoadagi muhit haqida to‘xtaldi

Tchuameni jamoadagi muhit haqida to‘xtaldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni La Liga doirasida «Espanyol»ga qarshi kechgan va g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan (2:0) so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi. Alvaro Arbeloa jamoasiga navbatdagi muvaffaqiyatni Vinisius Juniorning dubli taqdim etdi. 10 may kuni «qaymoqranglilar»ni «Kamp Nou» stadionida «Barselona»ga qarshi bahs kutmoqda.

«Men har bir o‘yinda bor kuchimni berishga va jamoadoshlarimga yordam berishga harakat qilaman. Barchamiz yetakchi sifatida shakllanishimiz lozim. Jamoa bo‘lib yanada kuchayish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Bu nafaqat maydondagi, balki uning tashqarisidagi ish jarayonlariga ham tegishli», — deya Tchuamenining so‘zlarini keltirmoqda Madrid Universal.

Madridliklar agar navbatdagi turda «Barsa»ni mag‘lub eta olishmasa, chempionlik uchun mavjud bo‘lgan matematik imkoniyatlaridan butunlay mahrum bo‘lishadi.

Kiritildi: 12:16, 04.05.2026.
O'qildi: 466 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик