Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Arbeloa: «Nihoyat buni uddaladik»

Arbeloa: «Nihoyat buni uddaladik»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning gol o‘tkazib yubormagan o‘yinlar seriyasi tiklangani haqida gapirdi.

«Qaymoqranglilar» La Liganing 34-turi doirasida Vinisius Juniorning dubli evaziga «Espanyol» ustidan g‘alaba qozonishdi (2:0). Madridliklar uchun bu qariyb uch oy ichida chempionatdagi ilk «quruq» o‘yin bo‘ldi — jamoa ketma-ket o‘nta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olmayotgan edi.

«Hozirgina yonimdan Din Xyoysen o‘tib ketdi — u darvozamizdan to‘p olib chiqmaganimizdan juda xursand edi. Bu biz uchun gol o‘tkazib yubormaslik qanchalik muhim bo‘lganini ko‘rsatadi. Biz anchadan beri «quruq» o‘yin o‘tkazmagan edik. Nihoyat buning uddasidan chiqqanimizdan xursandman», — deya Arbeloaning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

10 may kuni «Real» safarda «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:23, 04.05.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик