Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

«Inter» sport direktori: «0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng bizni bekor hisobdan chiqarishgandi»

«Inter» sport direktori: «0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng bizni bekor hisobdan chiqarishgandi»

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi sport direktori Pyero Auzilio Kristian Kivu qo‘l ostida jamoa muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmaganini ta’kidladi.

«Neradzurrilar» o‘tgan mavsum finishida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, barcha sovrinlardan mahrum bo‘lgan edi. Chempionlar ligasi finalida «PSJ»dan qabul qilingan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, Simone Indzagi bosh murabbiylik lavozimini tark etgandi. Yangi tayinlangan Kristian Kivu esa ilk urinishdayoq jamoani A Seriya chempionligiga yetaklab keldi.

«Biz boshidanoq mavsum muvaffaqiyatli o‘tishiga shubha qilmagandik, chunki jamoamiz yuksak mahoratga va kuchli irodaga ega. Ko‘pchilik «PSJ»dan qabul qilingan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng buni tezda unutib qo‘ydi va bizni bevaqt hisobdan chiqardi. Kivu — ajoyib murabbiy. Ko‘pchilik ikkilangan edi, lekin biz unga ishondik», — dedi Auzilio QSVS nashriga bergan intervyusida.

«Inter» chempionat yakuniga uch tur qolganda «Parma»ni mag‘lub etib (2:0), skudettoni naqd qildi.

Kiritildi: 12:25, 04.05.2026.
O'qildi: 510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик