Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Vinisius Junior «Real» afsonalarining natijasini takrorladi

Vinisius Junior «Real» afsonalarining natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior noyob natijani qayd etdi. Braziliyalik futbolchi joriy mavsumdagi gollari sonini 20 tadan oshirib oldi: u «Espanyol» darvozasiga ikkita to‘p kiritdi va endilikda uning hisobida mavsum davomida o‘tkazilgan 50 ta uchrashuvda 21 ta gol mavjud.

Madrid Zone xabariga ko‘ra, Vinisius «Real» tarixida ketma-ket besh va undan ortiq mavsumda 20 tadan ko‘p gol urgan sakkizinchi futbolchiga aylandi. Bungacha bunday natijani Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Raul Gonsales, Ugo Sanches, Ferens Pushkash, Alfredo di Stefano va Painyo qayd etgan edi.

Vinisius 2018 yildan buyon «qirollik klubi» sharafini himoya qilib kelmoqda. Umumiy hisobda futbolchi «qaymoqranglilar» safida 372 ta o‘yinda maydonga tushib, 127 ta gol va 100 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 12:26, 04.05.2026.
O'qildi: 879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик