Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kristian Kivu chempionlikdan so‘ng tanqidchilarga javob berdi

Kristian Kivu chempionlikdan so‘ng tanqidchilarga javob berdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi ustozi Kristian Kivu o‘ziga nisbatan aytilgan tanqidiy fikrlarga javob qaytardi. Yakshanba kuni «neradzurrilar» «Parma» ustidan g‘alaba qozonib (2:0), chempionat yakuniga uch tur qolganda A Seriya chempionligini naqd qildi. Jamoa tajriba yetishmasligi sababli ko‘pchilik shubha bilan qaragan murabbiy qo‘l ostidagi ilk mavsumidayoq zafarga erishdi.

«Men o‘zimga shubha bilan qaraydiganlarga quvvatimni sarflamayman, shunchaki klub uchun qo‘limdan kelgan eng yaxshi narsani berishga harakat qilaman. Men olti yil davomida «Inter» yoshlar jamoasida murabbiylik qildim, so‘ngra uch oy «Parma»da ishladim. «Inter» bosh murabbiyiga aylanganingizda hamma narsa o‘zgaradi. Futbolchilarni ruhlantirish va raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun «kerakli tugmachalarni» bosa olish lozim», — dedi Kivu Sky Sport bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, 13 may kuni Milan grandi «oltin dubl»ni qayd etishi mumkin — Italiya Kubogi finalida jamoa «Lasio»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:28, 04.05.2026.
O'qildi: 385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик