Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Lautaro jamoaning muvaffaqiyatida Kivuning hissasini yuqori baholadi

Lautaro jamoaning muvaffaqiyatida Kivuning hissasini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi A Seriya 35-turi doirasida «Parma»ni mag‘lub etib (2:0), muddatidan oldin skudettoni qo‘lga kiritdi. «Neradzurrilar» o‘tgan yozda Simone Indzagining o‘rnini egallagan murabbiy Kristian Kivu boshqaruvidagi ilk mavsumdayoq chempionlikka erishdi.

«Kivu jamoaga yangi energiya va ishtiyoq olib kirdi, — deydi sardor Lautaro Martines. — Biz Indzagi bilan ajoyib to‘rt yilni o‘tkazdik, biroq, ehtimol, bizga muhitni o‘zgartirish kerak bo‘lgandir. Kristian Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng keldi va bizni energiya bilan to‘yintirdi. U barchamizga o‘yindan zavq olish hissini qaytardi, bu hatto mashg‘ulotlarda ham sezilib turdi», — deya ta’kidladi argentinalik hujumchi DAZN bilan suhbatda.

«Inter» mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda «Napoli»dan 12 ochkoga o‘zib ketdi va chempionlikni naqd qildi.

Kiritildi: 12:40, 04.05.2026.
O'qildi: 444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик