Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/08 19:30 Andijon - Paxtakor
01/08 20:30 Buxoro - Lokomotiv
02/08 19:30 Navbahor - Xorazm
02/08 20:00 Mash’al - So‘g‘diyona
02/08 20:30 Qizilqum - Bunyodkor

Roberto de Dzerbi: «Premyer-liga juda shafqatsiz»

Roberto de Dzerbi: «Premyer-liga juda shafqatsiz»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi «Aston Villa» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng Angliya Premyer-ligasining qiyinligi haqida gapirdi. «Shporlar» muhim uch ochkoni qo‘lga kiritib, mavsum yakuniga uch tur qolganda xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasidan) chiqib olishdi.

«Premyer-liga juda shafqatsiz. Jamoada jarohatlar ko‘payib ketsa, uzoq vaqt g‘alaba qozona olmasang va o‘zingga bo‘lgan ishonchni yo‘qotsang, har bir o‘yin bilan vaziyat yomonlashib boraveradi. To‘xtash va hammasini noldan boshlash uchun yangi kuch topish kerak», — deya De Dzerbining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

Italiyalik mutaxassis mart oyi oxirida iste’foga chiqarilgan Igor Tudorning o‘rniga «Tottenxem» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Ayni damda jamoa «Vest Xem»ni bir ochkoga ortda qoldirib, 17-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:43, 04.05.2026.
O'qildi: 464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик