Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya

Gallaxer De Dzerbining «Tottenxem»dagi ishiga baho berdi

Gallaxer De Dzerbining «Tottenxem»dagi ishiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» yarim himoyachisi Konor Gallaxer «Aston Villa» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Angliya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan mazkur bahs 2:1 hisobida yakunlandi. Gallaxer mavsum davomida jamoa boshqaruvini qo‘lga olgan bosh murabbiy Roberto de Dzerbi haqida iliq fikrlar bildirdi.

«Uni maqtash uchun so‘z boyligim kamlik qiladi. Jamoadagi har bir futbolchi uni qabul qildi. Hamma unga ishonadi. U sizni o‘zingizni yaxshi va ishonchli his qilishga majbur etadi, futbolchilardagi eng yaxshi fazilatlarni yuzaga chiqaradi — bu hali hammasi emas, balki boshlanishi», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

«Umid qilamanki, biz undan o‘rganishda davom etamiz va kuchli jamoa barpo etamiz. Ilk golimdan juda xursandman. Gol urish va bosimdan xalos bo‘lish doimo yengillik beradi. Umid qilamanki, endi gollar keti ketidan keladi», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

«Tottenxem» mazkur g‘alabadan so‘ng xavfli hududni tark etdi. Jamoa 37 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi.

Kiritildi: 12:46, 04.05.2026.
O'qildi: 490 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик