Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Soboslai: «Biz Chempionlar ligasida o‘ynashni istaymiz»

Soboslai: «Biz Chempionlar ligasida o‘ynashni istaymiz»

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai «Manchester Yunayted»ga qarshi boy berilgan bahs (2:3) haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Hissiyotlarim u qadar yaxshi emas, chunki uyga nol ochko bilan qaytyapmiz. Birinchi bo‘limdan keyin xursand bo‘lishga umuman asosimiz yo‘q edi. Ushbu uchrashuvdan faqat ikkinchi bo‘lim boshidagi o‘yinimizni o‘rnak sifatida olish mumkin, chunki aynan o‘sha yerda aslida kim ekanligimizni ko‘rsatdik», — deya futbolchining so‘zlarini keltirmoqda Sky Sports.

«O‘yindan oldin standart vaziyatlar haqida gaplashgandik, lekin aynan standartdan gol o‘tkazib yubordik. Shuningdek, qarshi hujumlardan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytgandik, ikkinchi gol esa qarshi hujum natijasida sodir bo‘ldi. Biz diqqatni ko‘proq jamlashimiz kerak. Umid qilamanki, yakunda omad biz tomonda bo‘ladi».

Kelasi mavsum haqidagi savolga futbolchi shunday javob berdi:

«Birinchi navbatda, men diqqatimni kelasi mavsumga qaratganim yo‘q. Bor e’tiborim qolgan uchta o‘yinda, chunki hali erishishimiz kerak bo‘lgan narsalar ko‘p. Biz Chempionlar ligasida o‘ynashni xohlaymiz».

Ayni damda Arne Slot shogirdlari 58 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda borishmoqda. Zaxirasida bitta o‘yini bor «Aston Villa» hisobida ham shuncha ochko mavjud.

Kiritildi: 13:10, 04.05.2026.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик